Auditorlik xizmatlari
Korxona va tashkilotlarning moliyaviy hisobotlari hamda soliq hisob-kitoblari bo‘yicha audit o‘tkazamiz. Davlat organlari reviziyasidan oldin tayyorgarlik auditi orqali hujjatlar va ichki nazorat jarayonlarini o‘rganib, aniqlangan masalalar yuzasidan amaliy tavsiyalar tayyorlaymiz. Tekshiruv davri va ish jadvali oldindan kelishiladi.
Konsultatsiya olishXizmat doirasida
- Moliyaviy hisobotlar auditi va hisob hujjatlarini tekshirish
- Soliq auditi o‘tkazish
- Davlat organlari reviziyasidan oldingi tayyorgarlik auditi
- Ichki nazorat va hisob ma’lumotlari muvofiqligini baholash
- Audit natijalari bo‘yicha xulosa va amaliy tavsiyalar
Xizmat hajmi va shartlari biznesingiz ehtiyojlari asosida kelishiladi.



